Livops 2.0 sizga taqdim etiladi! PromokodCEObilan hisobingizga 8 000 so‘m sovg‘a.Nima yangi

MCP · CLI · API

Loyihalaringizni AI agent orqali boshqaring

Claude Code, Cursor, Codex yoki boshqa AI mijozga bitta sozlama qo'shing. Keyin model loyihalaringizni ko'radi, build logini o'qiydi, deploy va rollback qiladi.

MCP nima?

Model Context Protocol ochiq standart. AI mijozlar u orqali tashqi servislarning buyruqlarini chaqiradi. Livops ham shunday server.

Bitta manzil

Streamable HTTP. Kirish brauzer orqali yoki Bearer token bilan. Yoki CLI orqali stdio.

Kabinetning deyarli hammasi

Loyihalar, deploylar, bazalar, domenlar, fayllar, jamoa va hisob. Har bir buyruq faqat ko'radimi yoki o'zgartiradimi, belgilangan.

Huquq sizniki

Model jamoadagi rolingiz doirasida ishlaydi. Ortig'ini qilmaydi.

Uch qadamda ulash

Ko'p mijozda faqat manzilni qo'shasiz: brauzer ochiladi, jamoani tanlab ruxsat berasiz. Qolganlariga jamoa sozlamalaridagi API token kerak.

  1. 1Manzilni AI mijozga qo'shing
  2. 2Brauzerda ruxsat bering yoki API token qo'ying
  3. 3Loyihangiz haqida so'rang

Brauzer orqali

Qo'shgach, Claude Code'da /mcp → livops → Authenticate. Brauzer ochiladi.

claude mcp add --transport http livops https://livops.uz/api/mcp

Yoki API token bilan

Terminalda bitta buyruq.

claude mcp add --transport http livops https://livops.uz/api/mcp \
  --header "Authorization: Bearer lvp_xxx"

Mijozingiz ro'yxatda yo'qmi? Streamable HTTP'ni va MCP OAuth yoki Authorization sarlavhasini qo'llaydigan har qanday MCP mijoz ishlaydi. Bo'lmasa, CLI'dagi livops mcp buyrug'ini stdio orqali ulang.

Nimalar qila oladi

Eng ko'p kerak bo'ladiganlari, nomlari serverdagidek. To'liq ro'yxat MCP hujjatlarida.

Faqat ko'radi · 10

  • list_projectsjamoadagi loyihalar, holati va manzili
  • get_projectbitta loyiha: holati, servis, domenlar, bazalar
  • list_deploysloyiha deploylari, eng yangisi tepada
  • get_deploy_logdeploy holati va build logining oxiri
  • get_logsishlab turgan servis logining oxiri
  • list_variableso'zgaruvchilar nomi, qiymatisiz
  • list_databasesulangan bazalar, parolsiz
  • list_domainso'z domenlaringiz va DNS uchun manzil
  • get_metricsCPU, xotira va trafik: 1h, 24h yoki 7d
  • explain_failurebuild nega yiqilganini yordamchi tushuntiradi

O'zgartiradi · 5

  • deployjoriy manbadan qayta deploy
  • rollbackoldingi deployga qaytish
  • restartservisni qayta ishga tushirish
  • set_variablebitta o'zgaruvchini qo'shish yoki o'zgartirish
  • add_domaino'z domeningizni ulash

Chegaralar qayerda

  • Token o'chira olmaydi, to'lay olmaydi, parolni ko'rmaydi

    lvp_ API tokeni deploy qiladi va o'qiydi. O'chirish, baza paroli, bucket kaliti va hisobni to'ldirish faqat mijoz brauzer orqali, sizning nomingizdan ulanganda ishlaydi.

  • O'zgartirishdan oldin so'rashi mumkin

    Ma'lumotni o'zgartiradigan buyruqlar "xavfli" deb belgilangan, shuning uchun AI mijozingiz ishga tushirishdan oldin sizdan so'rashi mumkin. Bu tasdiqlarni yoqiq qoldiring.

  • O'zgaruvchi qiymatlari berilmaydi

    O'zgaruvchilar ro'yxatida faqat nomlar va qaysi biri maxfiyligi ko'rinadi, qiymatlari hech qachon.

  • Boshqa jamoaga kirmaydi

    Token ham, brauzer orqali ulangan ilova ham bitta jamoaga va bitta odamga bog'langan.

  • viewer faqat ko'radi

    viewer rolidagi odamning tokeni yoki u ulagan ilova hech narsani o'zgartira olmaydi.

  • Limitdan oshmaydi

    Har bir so'rov oddiy API orqali tekshiriladi, so'rovlar soniga limit bor. AI uchun alohida token oching, keragi qolmasa o'chirib tashlang.

Masalan, shunday so'rang

  • “shop-api'ning oxirgi deployi nega yiqildi?”
  • “Oxirgi 24 soatda qaysi loyiha eng ko'p xotira ishlatdi?”
  • “shop-web'ni oldingi versiyaga qaytar”
  • “LOG_LEVEL=debug qo'y va logni ko'rsat”
  • “shop.uz domenini shop-web'ga ula. DNS'ga nima yozishim kerak?”
  • “Hozir qaysi loyihalarim ishlamayapti?”

Avval CLI

Claude Desktop uchun kerak. Terminalda ishlash uchun ham qulay.

curl -fsSL https://livops.uz/install.sh | sh
livops login
CLI →

Ichki yordamchi

MCP shart emas: yordamchi kabinetda ham, Telegramda ham bor

Hech narsa o'rnatmaysiz. Build yiqilsa, yordamchi logni o'qiydi va tuzatishni tugma qilib beradi.

  • Siz so'ragan deploy darhol boshlanadi; pul ketadigan boshqa amallar tugmangizni kutadi
  • O'zgaruvchi qiymatlarini ko'rmaydi
  • Hech narsani o'chirmaydi
  • Sozlamalardan o'chirib qo'yish mumkin